18:08 / 06.06.2017
6 326

Ostonada EXPO-2017dan oldin xonadonlarni ijara narxlari osmonga chiqib ketdi

Ostonada EXPO-2017dan oldin xonadonlarni ijara narxlari osmonga chiqib ketdi
Ostonada EXPO-2017 ko‘rgazmasining ochilishiga bir haftadan kam vaqt qolganda xonadonlarning ijara narxlari sezilarli darajada oshib ketdi. Ijaraga beruvchilar “odamlar nima bo‘lganda ham kelishadi” deb hisoblashmoqda.

Ostonada bo‘lib o‘tadigan EXPO-2017 xalqaro ko‘rgazmasiga 42ta olti hamda sakkiz qavatli uylar – jami 1300 ta xonadonni qurib bitkazishdi. Taxmin qilinishicha, ko‘rgazma vaqtida xonadonlarga jahonning 20 ta mamlakatidan sayyohlar kelishadi. Biroq Ostonaga ko‘rgazmaga keladiganlar xostellarga ham joylashishadi.

Xostellar egalarining gapiga ko‘ra, otellar va ijara uylardagi xonadonlarni ijara narxining ko‘rgazma bo‘lib o‘tishi oldidan va u bo‘layotgan vaqtda oshib ketishi – bashorat qilinadigan hodisadir. Agar avval xosteldagi o‘rin-ko‘rpaning narxi atigi 3900 tanga bo‘lgan bo‘lsa (taxminan 12 dollar), ko‘rgazma vaqtida narxlar xostel egalari fikriga ko‘ra olti ming tangagacha (19 dollarga yaqin) chiqib ketadi.

Ostonalik rieltorlar ta’kidlashicha, shahardagi ijara uylarining narxlari bir yarim baravar oshgan, ko‘rgazma vaqtida esa bu ko‘tarilish ikki baravarga etadi. «Agar bir xonali uyni biz avval chap qirg‘oqda 130 ming tangaga (400 dollardan oshiq) ijaraga olishimiz mumkin bo‘lgan bo‘lsa, ayni vaqtda biz bu xonalarni 150-170 ming tangaga olishimiz mumkin (500 dollardan oshiq). Agar ikki xonali uyni 200–250 ming tangaga olgan bo‘lsak (800 dollar atrofida), ushbu vaqtda biz uni 300–350 ming tangaga olamiz (1100 dollardan ortiq)», - deydi rieltor Malika Tayshitaeva.

Qozoq OAVlari Ostona hokimiyatiga havola qilgan aynan ko‘rgazma ochilishiga atab maxsus qurilgan xonadonlarni qo‘shib hisoblaganda, Ostonadagi ko‘rgazmaning ochilishiga 35 mingta ko‘rpa-to‘shak joylari tayyor bo‘lishini ma’lum qildilar. Ko‘rgazma tashkilotchilari 10 iyundan 10 iyulgacha davom etadigan ko‘rgazmaning o‘ziga besh millionga yaqin sayyoh etib kelishini bashorat qilishmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ostonada EXPO-2017dan oldin xonadonlarni ijara narxlari osmonga chiqib ketdi