Misrda mashhur teleboshlovchi o‘lim jazosiga hukm qilindi

Misrda mashhur teleboshlovchi o‘lim jazosiga hukm qilindi

5 sentyabr kuni Qohira jinoiy sudi Misrning taniqli teleboshlovchisi va san’at prodyuseri Sara Xalifa hamda yana 11 nafar sudlanuvchini o‘lim jazosiga hukm qildi. Ular giyohvand moddalarni ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullangan uyushgan jinoiy guruh tuzishda aybdor deb topilgan. Bu haqda Al Jazeera xabar berdi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ayblanuvchilar giyohvand moddalar tayyorlashda foydalaniladigan xomashyoni chetdan olib kirib, Misr hududida noqonuniy moddalar ishlab chiqarish va ularni sotishni tashkil qilgan. Ularga, shuningdek, o‘qotar qurol va o‘q-dorilarni litsenziyasiz saqlash ayblovi ham qo‘yilgan.

Huquq-tartibot idoralari tomonidan olib borilgan tintuvlar davomida 750 kilogrammdan ortiq giyohvand moddalar va ularni tayyorlash uchun mo‘ljallangan xomashyo musodara qilingan. Shuningdek, narkotik moddalar tayyorlash laboratoriyasi sifatida jihozlangan ikki xonadon hamda noqonuniy qurol va o‘q-dorilar topilgan.

Mazkur ish Misr ommaviy axborot vositalarida «Buyuk narkotik ishi» nomi bilan keng yoritilgan. Jami 28 nafar ayblanuvchi bo‘yicha sud jarayonida 12 kishiga o‘lim jazosi, yana 9 kishiga umrbod qamoq jazosi tayinlangan, 7 nafar sudlanuvchi esa oqlangan.

Sara Xalifa 2025 yil aprel oyida Qohirada hibsga olingan. U avval teledasturlarni olib borgan va Misrda media sohasi vakili sifatida tanilgan.

Xalifa va boshqa sudlanuvchilar chiqarilgan hukm ustidan shikoyat qilish huquqiga ega.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar