91 mingdan ortiq o‘rdakcha Chikago daryosiga tashlandi

AQSHning Chikago shahrida har yili o‘tkaziladigan an’anaviy Chikago o‘rdakchalar poygasi bu safar ham minglab tomoshabinlarni bir joyga jamladi. Tadbir doirasida 91 mingdan ortiq sariq rezina o‘rdakcha Chikago daryosiga tashlanib, oqim bo‘ylab marra sari "musobaqalashdi".
Mazkur poyga ko‘ngilochar tadbir bo‘lishi bilan birga, xayriya maqsadiga ham xizmat qiladi. Tashkilotchilar yig‘ilgan mablag‘larni Illinoys Maxsus Olimpiadasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiradi.
Xususan, tushgan mablag‘lar aqliy imkoniyati cheklangan sportchilar uchun musobaqalar tashkil etish, sport anjomlari va kiyim-kechak xarid qilish, shuningdek, ularning mashg‘ulotlari hamda boshqa ehtiyojlarini moliyalashtirishga sarflanadi. Shu tariqa, qiziqarli poyga minglab insonlarni xayrli maqsad yo‘lida birlashtiradigan an’anaviy tadbirlardan biri sifatida e’tirof etiladi.






























Izohlar 0
…