Ronaldu o‘g‘lining bir haftada 9 mln dollar sarflaganidan shokda qolgani aytilmoqda

Ronaldu o‘g‘lining bir haftada 9 mln dollar sarflaganidan shokda qolgani aytilmoqda

Portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronalduning 16 yoshli o‘g‘li bir hafta davomida kredit karta orqali 9 million dollardan ortiq mablag‘ sarflagani haqida xabar tarqaldi. Bu haqda Turkiyaning “Haberler” nashri yozdi.

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Ronaldu ma’lum vaqt davomida o‘g‘liga o‘z kredit kartasidan foydalanishga ruxsat bergan. Biroq bank hisobvarag‘ida 1,8 million dollarlik tranzaksiyani ko‘rgach, futbolchi xarajatlarni tekshirishga qaror qilgan.

Tekshiruv davomida o‘g‘li bir hafta ichida superkarlar va boshqa qimmatbaho buyumlarga jami 9 million dollardan ortiq mablag‘ sarflagani aniqlangani da’vo qilingan.

Shundan so‘ng Ronaldu o‘z jamoasiga qo‘ng‘iroq qilib, kredit kartasini bloklatgani va o‘g‘lining hisoblariga kirish imkoniyatini cheklagani aytilmoqda.

Biroq ushbu ma’lumotlar hozircha Krishtianu Ronaldu yoki uning vakillari tomonidan rasman tasdiqlanmagan.

Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu Junior otasi singari futbol bilan shug‘ullanadi va “Al-Nasr” yoshlar tizimida faoliyat yuritadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar