Chorvoqda ota va 2 o‘g‘il bedarak yo‘qoldi

Chorvoqda ota va 2 o‘g‘il bedarak yo‘qoldi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan Chorvoq suv omborida ota va uning ikki o‘g‘li cho‘kib ketdi. Fojia 2 sentyabr kuni sodir bo‘lgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, uch kishi — ota va uning ikki o‘g‘li — katerda sayr qilgan. Ular suvga tushish taqiqlangan hududga borib, himoya nimchalarisiz suvga tushgan. Shundan so‘ng uchalasi ham cho‘kib ketgan.

Xabar kelib tushishi bilan FVVning g‘avvos-qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borgan. Qidiruv ishlari suv havzasining taxminan 2–2,5 kilometr radiusdagi hududida olib borilgan.

Qutqaruv ishlariga zarur kuch va vositalar jalb etilgan. Suv omborining katta maydoni va chuqurligi qidiruv ishlarini murakkablashtirayotgani ma’lum qilingan.

Hozirda hodisa yuzasidan qidiruv ishlari davom etmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar