Buxorolik 3 yoshli Muhammad Alining orzusi ushaldi: sevimli xonandasi Xcho uning yoniga keldi

Buxorolik 3 yoshli Muhammad Alining orzusi ushaldi: sevimli xonandasi Xcho uning yoniga keldi

Buxorolik uch yoshli Muhammad Alining oddiygina bir orzusi bor edi — sevimli qo‘shig‘ini unga havas qiladigan xonanda bilan birga kuylash. Ijtimoiy tarmoqlarda uning qo‘shiq kuylayotgan videosi 30 million marta tomosha qilingach, bu kichik muxlisning hikoyasi Rossiya televideniyesigacha yetib bordi.

Muhammad Alining qo‘shiq kuylayotgan videosi internetda juda katta qiziqish uyg‘otdi. Uning samimiy ijrosi millionlab tomoshabinlar e’tiborini tortdi.

Bu voqea mashhur teleboshlovchi Andrey Malaxov olib boradigan "Yurakdan chiqqan qo‘shiqlar" dasturiga ham yetib bordi.

Ammo hikoyaning eng hayajonli qismi hali oldinda edi. Kichkina bolaning orzusi uchun uning havas qiladigan xonandasi Xcho dasturga tashrif buyurdi.

Shu tariqa Buxorolik Muhammad Ali sevimli qo‘shig‘ini o‘zi havas qiladigan san’atkor bilan birga kuylash imkoniga ega bo‘ldi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar