21:41 / 10.08.2017
10 278

NASA "X sayyora" mavjudligini rasman tasdiqladi

NASA "X sayyora" mavjudligini rasman tasdiqladi
NASA olimlari avvallari OAV tomonidan "oxir zamon darakchisi" deya ta’rif berilgan Nibiru yoki "X sayyora" mavjudligi rasman tasdiqlangan hisobotni chop etishdi, deb xabar qiladi Kun nashri.

Hisobotda ta’kidlanishicha, darhaqiqat, sirli "X sayyora" majud. Uning Quyoshgacha bo‘lgan masofasi Neptunning yulduzga nisbatan joylashuvidan 20 karra ko‘p. Bu gipotetik kosmik jism Erdan 10 karra og‘ir massaga ega bo‘lishi mumkin. Astronomlar "X sayyora" 10-20 ming yilda yulduz atrofida to‘liq aylanib chiqadi, deya taxmin qilishmoqda.

Sayyora borligiga ishora qiluvchi dalillar Kaliforniya texnologiya instituti mutaxassislari tomonidan aniqlangan. NASA'ning sayyoralar bo‘limi rahbari Jim Grin shaxsan unga olim sifatida yangi sayyoraning mavjudligi ehtimoli juda qiziq ekanini aytgan.

Bugunga kelib, bunday sayyoraning mavjudligiga ishora qiluvchi barcha ta’kidlovlar kuzatuvlarning cheklangan ma’lumotlariga asoslangan nazariy modellar hisoblanadi. Shunga qaramay, tadqiqot ajoyib natijalar ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan jarayonning boshlanishi hisoblanadi, deyiladi NASA saytida.

Ta’kidlash joizki, "X sayyora" Erga hech qanday tahdid solmaydi - u ba’zi OAVlar yozganidek bizning sayyoramizga yaqinlashayotgani yo‘q.

O‘tgan yili ayrim matbuot vakillari mustaqil ekspertlarga tayanib, 2017 yilda Er Nibiru bilan to‘qnashib, yo‘q bo‘lishi haqida yozishgan edi. Biroq keyin "X sayyora" mavjudligiga doir ma’lumotlar olimlar tomonidan inkor etilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » NASA "X sayyora" mavjudligini rasman tasdiqladi