AQShda Rossiyaning gipertovushli quroliga qarshi qo‘yish uchun hech narsa yo‘q. Bu haqda AQSh qurolli kuchlari strategik qo‘mondonligi raisi general Jon Xayten Amerika senatining qurolli kuchlar qo‘mitasidagi eshituvlar chog‘ida aytib o‘tdi, deb yozadi «Daryo».
General AQSh bevosita gipertovushli quroldan himoya vositasiga ega emas, deb fikr bildirdi.
«Bizda o‘zimizga qarshi bunday qurol qo‘llanilishining oldini olish mumkin bo‘lgan hech qanaqa himoya yo‘q», — dedi u.
Ayni vaqtda u AQShning bunday turdagi qurol-yarog‘dan yagona himoyasi «yadroli qasos haqidagi tahdid» ekanligini aytdi.
Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal Majlisga yo‘llagan murojaatida «Xanjar» yuqori aniqlikdagi gipertovushli aviatsiya-raketa majmuasi tajribaviy-jangovar navbatchilikni qabul qilib olganini ma’lum qilgandi.
Keyinroq AQSh qurolli kuchlari strategik qo‘mondonligi boshlig‘i Jon Xayten AQSh gipertovushli qurolga qarshi turish uchun bazasi orbitada bo‘lgan radarlar tizimini rivojlantirishi kerakligini aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»