Inson mehnati eng qadrlanadigan mamlakat

1 daqiqa o'qish4.7K
Inson mehnati eng qadrlanadigan mamlakat
Foto: “KorrespondenT.net”
Ekspatlar (xorijlik yollanma mutaxassislar) uchun eng yaxshi mamlakat — Singapur. “Korrespondent” yozishicha, “HSBC” banki har yili oʻtkazadigan “Expat Explorer” soʻrovnomasida qatnashganlarning juda koʻpchiligi janubi-sharqiy Osiyodagi ana shu mitti, ammo juda boy mamlakatda inson mehnati juda qadrlanishi bilan birga ishlash va yashash uchun sharoitlar juda ajoyibligini bildirishdi.

Singapur xorijlik ishchilar daromad olishi darajasi boʻyicha beshinchi oʻrinda, chunki, yana qaytaramiz, juda kichik mamlakat. Xorijliklar uchun bu yerda yillik oʻrtacha maosh 162,2 ming AQSH dollarini tashkil etadi. Ekspatlarga eng koʻp maoshni Shveytsariya beradi — yiliga oʻrtacha 202 ming dollar. Keyingi oʻrinlarda AQSH (185,1 ming dollar), Gonkong (178,7 ming dollar) va Xitoy (172,7 ming dollar).

Singapur turmush va daromad darajasi nisbatida yetakchilik qilmoqda, yaʼni topgan pulingizni koʻproq jamgʻara olasiz. Keyingi oʻrinlarda Yangi Zelandiya, Germaniya va Kanada. Shveytsariya asosiy reytingda sakkizinchi oʻrinda, bu mamlakatda xorijlik eng koʻp pul topgani bilan oilasi uchun juda koʻp xarajat qiladi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?