JCH-2026da hal qiluvchi uchinchi tur bahslari boshlanadi

1 daqiqa o'qish241
JCH-2026da hal qiluvchi uchinchi tur bahslari boshlanadi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • JCH-2026 musobaqasida guruh bosqichining ikkinchi tur uchrashuvlari yakuniga yetib, pley-off yo‘llanmalari taqdirini belgilab beruvchi hal qiluvchi uchinchi tur bahslari boshlanmoqda.
  • Bugun, 24 iyun kuni kechqurun va 25 iyunga o‘tar kechasi uchta guruhda jami oltita o‘yin o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
  • Xususan, soat 00:00 da «B» guruhining Kanada — Shveysariya hamda Bosniya va Gersegovina — Qatar bahslari start oladi.

JCH-2026 musobaqasida guruh bosqichining ikkinchi tur uchrashuvlari yakuniga yetdi. Endi jamoalarni pley-off yo‘llanmalari taqdirini belgilab berishi mumkin bo‘lgan hal qiluvchi uchinchi tur bahslari kutmoqda.

Bugun, 24 iyun kuni kechqurun va 25 iyunga o‘tar kechasi bir vaqtning o‘zida uchta guruhda jami oltita uchrashuv o‘tkaziladi.

Dastlab Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da «B» guruhining so‘nggi tur bahslari boshlanadi. Kanada terma jamoasi Shveytsariya bilan kuch sinashsa, Bosniya va Gersegovina Qatarga qarshi maydonga tushadi.

Ushbu guruhdagi har ikki uchrashuv bir vaqtda o‘tkaziladi. Jamoalar pley-off bosqichiga chiqish va guruhda yuqori o‘rinni egallash uchun muhim ochkolarni qo‘lga kiritishga harakat qiladi.

Soat 03:00 da «C» guruhidagi hal qiluvchi bahslar start oladi. Marokash Haitiga qarshi o‘ynasa, Shotlandiya turnir favoritlaridan biri Braziliya bilan to‘qnash keladi.

Ayniqsa, Shotlandiya va Braziliya o‘rtasidagi uchrashuv futbol muxlislarida katta qiziqish uyg‘otishi kutilmoqda. Braziliya guruhdagi mavqeini mustahkamlashni istasa, shotlandiyaliklar kuchli raqibga qarshi sensatsiya qayd etishga urinadi.

Tungi dastur soat 06:00 da «A» guruhi uchrashuvlari bilan yakunlanadi. Chexiya Meksika terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Janubiy Afrika Respublikasi esa Janubiy Koreya bilan bellashadi.

Uchinchi tur uchrashuvlari:

00:00 — «B» guruhi: Kanada — Shveytsariya

00:00 — «B» guruhi: Bosniya va Gersegovina — Qatar

03:00 — «C» guruhi: Marokash — Haiti

03:00 — «C» guruhi: Shotlandiya — Braziliya

06:00 — «A» guruhi: Chexiya — Meksika

06:00 — «A» guruhi: JAR — Janubiy Koreya

So‘nggi turda durang yoki bitta gol ham guruhdagi vaziyatni butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin. Shu bois futbol muxlislarini keskin kurash, yuqori bosim va so‘nggi daqiqalargacha davom etadigan qiziqarli bahslar kutmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?