AQSh prezidenti Donald Trampning rafiqasi Melaniya Tramp uchib ketayotgan samolyot texnik muammo sababli “Endryus” bazasiga qaytishiga to‘g‘ri keldi. Nosozlik samolyot salonidagi tutashga sabab bo‘lgan. Samolyotda birinchi xonim bilan birga jurnalistlar ham bo‘lgan.
CNN telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot havoga ko‘tarilgandan taxminan 10 daqiqa o‘tgach salonda tutun va kuygan hid paydo bo‘lgan. Shundan keyin OAV vakillariga ho‘l sochiqlar tarqatilib, badbo‘y hid kuchaysa, u bilan yuzlarini berkitish tavsiya qilingan.
Bir muddatdan keyin samolyot muvaffaqiyatli qo‘ndirilgan. Melaniya Trampning rasmiy vakili hodisa “kichik texnik muammo” bilan bog‘liq bo‘lganini aytgan.
Oq uyda ushbu hodisaga izoh berilmagan va birinchi xonimning safari ko‘chirilishi ma’lum qilingan. Melaniya Tramp Filadelfiyadagi shifoxonaga tadbirda ishtirok etgani ketayotgan bo‘lgan. U Vashingtonga shu kuni kechroq qaytishi kerak bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi