13:16 / 28.11.2018
3 307

Qozog‘istonda "rostgo‘ylik do‘koni" ochildi

Qozog‘istonda "rostgo‘ylik do‘koni" ochildi
Qozog‘iston Respublikasining Chimkent shahridagi oliy ta’lim muassasalarining birida dastlabki "rostgo‘ylik do‘koni" ochildi.

Ma’lum qilishlaricha, ushbu do‘konda hech qanday sotuvchi yoki kassir yo‘q, barcha mahsulotlarni talabalar o‘zlari olishadi va uning evaziga to‘lanadigan pulni maxsus qutiga solishadi.

"Xaridorlar o‘z-o‘ziga xizmat tamoyili orqali faoliyat olib boriladi. Bu singari do‘konlarning ochilishidan maqsad yoshlarni adolat, rostgo‘ylikka chorlashdir", — deya tushuntirdi do‘kon egasi.

Bunday loyihalar Qozog‘istonda birinchisi emas, avvalroq, Ostona va Olmaota shaharlaridagi oliy ta’lim dargohlarida ham shu singari loyihalar yo‘lga qo‘yilgan.

Manba: Mahalladosh.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda "rostgo‘ylik do‘koni" ochildi