JONY Instagramdagi barcha postlarini o‘chirib, sirli ishora qoldirdi

JONY Instagramdagi barcha postlarini o‘chirib, sirli ishora qoldirdi

Mashhur xonanda JONY Instagram sahifasidagi barcha postlarini o‘chirib tashladi. Bu holat uning shaxsiy hayotiga oid turli gap-so‘zlar tarqalayotganidan so‘ng kuzatildi va muxlislar e’tiborini tortdi.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda JONY'ning noma’lum ayol va kichik bola bilan tushgan suratlari tarqalgan edi. Ayrim manbalarda suratdagi ayol xonandaning ehtimoliy rafiqasi, bola esa uning farzandi bo‘lishi mumkinligi haqida taxminlar bildirilgan. Biroq bu ma’lumotlar hozircha rasman tasdiqlanmagan.

Qizig‘i, xonanda postlarini o‘chirganidan so‘ng Instagram'da sirli mazmundagi storis ham joylashtirdi.

Unda: «Ko‘rish — ishonish demak. Ammo bu haqiqatmi yoki shunchaki illyuziyami?» degan jumlalar paydo bo‘lgan.

JONY hozircha suratlardagi ayol va bola haqida, shuningdek, nega sahifasini «tozalagani» haqida rasmiy izoh bermadi.

Shu bois xonandaning bu qarori yangi ijodiy loyiha bilan bog‘liqmi yoki shaxsiy hayotidagi voqealarga aloqadormi — hozircha noma’lum.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar