Foto: AFP
Dunyoning turli burchaklarida «Koinot ko‘rki — 2020» to‘rtinchi xalqaro go‘zallik tanloviga kasting boshlandi. Sputnikning xabar berishicha, yangi mavsumda loyiha o‘z formatini to‘liq o‘zgartirgan va endilikda tanlov go‘zallik tanlovi sifatida emas, balki go‘zallik va ijod festivali sifatida namoyon etadi.
Tanlovda bo‘yi 165 smdan yuqori, 18 dan 30 yoshgacha bo‘lgan ijtimoiy-faol qizlar ishtirok etishlari mumkin. Ishtirokchilarning oilaviy ahvoli ahamiyatga ega emas, ammo farzandi bo‘lgan ayollar festivalda ishtirok etish huquqidan mahrum etiladi.
Ishtirok etishni xohlovchi qizlardan festivalning Beauty of universe saytida anketani to‘ldirish talab etiladi.
Qayd etilishicha, tanlovdagi qizlarning kupalniklarda chiqishlari bekor qilindi, uning o‘rnini ijodiy tanlov egalladi. Tanlov g‘olibalari hay’at a’zolariga turli ilmoqli savollar berishlari, shuningdek, Yer sayyorasi tabiatini asrash hamda dunyoda ezgulik ko‘proq, negativ kamroq bo‘lishi uchun nima qilish lozimligi haqida o‘z videomateriallarini taqdim etishlari mumkin bo‘ladi.
«2020 yilda ushbu tanlov o‘zining ilk yubileyini nishonlaydi (2015—2020), shu bois xalqaro festival finali Kann, Fransiyada Festivallar va kongresslar saroyida bo‘lib o‘tadi», — deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?