Foto: Comsfsu
Merill Lynch bankining sobiq prezidenti bir necha yil avval amerikalik yozuvchi Devid Bax «Latte faktori» kitobidagi konsepsiyani tanqid ostiga oldi, deb yozadi «Daryo».
Konsepsiyaga ko‘ra muntazam ravishda sarf qilinadigan kichik xarajatlar odamlarga o‘zlari tasavvur qilganlaridan ko‘ra qimmatroqqa tushadi.
Kitobda tadbirkorlar orasida ichish urfga kirgan ichimlik — bir chashka Latte misol tariqasida keltirilgan. Baxning fikricha ushbu qoida barchaga nisbatan arzon buyum va mahsulotlarga ham taalluqli.
«Bu siz uchun uncha katta bo‘lmagan xarajatdek ko‘rinishi mumkin, ammo bir necha yillar davomida bunga sarflagan pullaringizni hisoblab chiqsangiz, mablag‘ning kattaligidan hayratga tushadi», — deydi Bax.
Ushbu konsepsiya g‘arbda juda tez ommalashgan, u haqda turli OAV, xususan Forbes jurnalida ko‘p yozilgan va iqtisod qilishni yaxshi ko‘radiganlarga uni o‘rganish tavsiya qilingan. Hatto maxsus kalkulyatorlar ham ishlab chiqilgan.
Lekin, ushbu qoidaga qarshi chiquvchilar ham kam emas. Ulardan biri Merill Lynch bankiga ikki yilda 3,1 milliard AQSh dollari miqdoridagi daromad keltirgan, kompaniya sobiq rahbari Salli Kravchik. Kravchikning fikricha, mablag‘ yig‘ish uchun insonga zavq bag‘ishlaydigan mayda xarajatlardan voz kechish noto‘g‘ri.
«Ikir-chikirlardan voz kechib iqtisod qilish — juda yomon maslahat. Hech kim hech qachon o‘zini bu kabi mayda xarajatlardan cheklab boyib ketmagan. Yoqimli mahsulotlardan voz kechib 5 dollar iqtisod qilishingiz mumkin, lekin ko‘p narsa yo‘qotasiz», — deydi Kravchik.
U bir chashka Latte yoki boshqa mahsulotlar inson kayfiyatini ko‘tarishi va ish faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi. Sarf qilingan 5 dollar keyinchalik o‘zini qoplaydigan investitsiya ekanligini tushuntirgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi