13:23 / 28.02.2020
6 620

Koronavirus MDHning yana bir davlatida. Qurbonlar soni oshishi davom etmoqda

Koronavirus MDHning yana bir davlatida. Qurbonlar soni oshishi davom etmoqda
Foto: Reuters
28 fevral kuni COVID-19 koronavirus infeksiyasi tarqalgan davlatlar soni 52taga yetdi.
South China Morning Post nashri ma’lumotiga ko‘ra, virusdan zararlanganlarning jami soni 83 ming kishiga yetgan, halok bo‘lganlar soni 2858 kishini tashkil qilmoqda.

So‘nggi bir kun ichida yana uch davlat - Belarus, Litva va Yangi Zelandiya koronavirusdan zararlanishning ilk holatlari haqida ma’lum qilgan. Bundan tashqari, Reuters ma’lumotiga ko‘ra, Afrikaning yana bir davlatida — Nigeriyada virusdan kasallanish holati qayd etilgan.

Xitoyda bir kun ichida yana 44 kishi koronavirus qurboni bo‘lgan, yana 327 kishi virus yuqtirib olgani tasdiqlangan, 3622 kishi sog‘aygan. XXR Sog‘liqni saqlash bo‘yicha milliy komissiyasining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda virus qurbonlari soni 2788 nafar, 78824 kishi kasallangan.

Janubiy Koreyada kasallar soni 2022 nafarga yetdi, so‘nggi kunda yana 256 kishida virus aniqlandi. Mamlakatda ushbu qurbonlar soni 13 nafar.
Yevropada virus infeksiyasi tarqalishi o‘chog‘iga aylangan Italiyada esa bemorlar soni 400dan 650 kishiga oshgan, 17 kishi halok bo‘lgan.

Moodyʼs reyting agentligi hisoblashicha, koronavirus infeksiyasi tarqalishi global inqirozga va 2020 yilning birinchi yarmida AQSH iqtisodiyotida pasayish kuzatilishiga sabab bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirus MDHning yana bir davlatida. Qurbonlar soni oshishi davom etmoqda