"O‘zbek Messisi" paydo bo‘ldi: do‘ppi kiygan erkak ijtimoiy tarmoqni hayratda qoldirdi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Lionel Messiga juda o‘xshash erkakning videosi tarqalib, foydalanuvchilar orasida qizg‘in muhokamaga sabab bo‘ldi. Ayniqsa, uning o‘zbek musiqasi sadolari ostida raqsga tushgani va boshida do‘ppi bo‘lgani e’tiborni yanada kuchaytirdi.
Videodagi erkakning tashqi qiyofasi mashhur argentinalik futbolchiga o‘xshashi bilan ajralib turadi. Ayniqsa, ayrim rakurslarda uning yuz tuzilishi va umumiy ko‘rinishi Lionel Messini eslatadi.
Shu sabab ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uni hazil tariqasida "o‘zbek Messisi" deb atay boshladi.
Videoning yana bir qiziq jihati — erkakning o‘zbek do‘ppisini kiyib, milliy musiqa sadolari ostida raqsga tushgani.
Bu noodatiy uyg‘unlik foydalanuvchilarda qiziqish uyg‘otib, videoning keng tarqalishiga sabab bo‘lgan.































Izohlar 0
…