2 494
Bill Geyts virus epidemiyalarining har 20 yilda takrorlanishi mumkinligidan ogohlantirdi
Amerikalik milliarder Bill Geytsning fikricha, yangi virus epidemiyalari har 20 yilda takrorlanishi ehtimoli mavjud.
U koronavirus pandemiyasi insoniyatni tahdidlarga oldinroq tayyorlanishga o‘rgatishiga umid qilishini aytgan. Bu maqsaddagi sarf-xarajatlar inqirozdan ko‘riladigan yo‘qotishlardan ancha kamroq bo‘ladi.
“Dunyo bo‘ylab ko‘plab sayohatlar amalga oshirilishi hisobga olinsa, odamlar har 20 yil yoki shu atrofda bunday yoki bunga o‘xshash viruslar paydo bo‘lishini endi anglamoqdalar. Shu sababli odamlar hukumatlar infeksiyaga qarshi kurashga tayyorgarlikni o‘z ustuvor vazifasi qilishini kutib qolishadi”, deb ta’kidlab o‘tgan Geyts Financial Times nashriga bergan intervyusida.
Milliarderning aytishicha, boy davlatlarga ham ta’sir qilgan joriy pandemiya va uning ortida trillionlab dollar yo‘qotilgandan keyin odamlar bo‘lg‘usi epidemiyalarga yaxshiroq tayyorlanish haqida o‘ylay boshlaydilar.
“Bu hodisa odamlar o‘z hayotlari davomida kuzatayotgan eng katta hodisadir. Bizda ishonchli tashxislash bo‘ladi. Bizda katta antivirus kutubxonalari bo‘ladi. Biz antitanalar miqdorini ko‘paytiramiz. Bizda erta ogohlantirish tizimlari bo‘ladi. Bizda vaksina platformalari bo‘ladi. Biz mashg‘ulotlar o‘tkazamiz”, deb prognoz qilmoqda Geyts.
Bu tadbirlarga sarf-xarajatlar hozirgi inqirozga qarshi kurashga sarflanayotgan va undan yo‘qotilayotgan summalar oldida juda kichik bo‘ladi, biroq shunga qaramay salmoqli sarmoyalar talab etiladi.
Geyts 2015 yilda TED loyihasidagi nutqida dunyo pandemiyaga tayyor emasligini ta’kidlab o‘tgan. 2018 yilda esa yaqin o‘n yillikda yangi pandemiya yuz berishi mumkinligini aytgan. O‘shanda milliarder 1918 yilda 50 mln kishining hayotini olib ketgan ispan grippiga o‘xshash kasallik hozirgi vaqtda yarim yil ichida 30 mln o‘limga olib kelishi mumkinligini aytgan.
Bill Geyts Microsoft kompaniyasi boshqaruvidan chiqqach, xayriya bilan shug‘ullanishni boshlagan. Yanvar oxirida Bill va Melinda Geyts xayriya jamg‘armasi koronavirusga qarshi kurashga 10 mln dollar ajratishini, bir necha kun o‘tib esa bu summani 100 mln dollargacha oshirishini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir»
Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi
Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?