10:22 / 07.05.2020
3 810

Koronavirusning o‘ta yuquvchanligi sababi ma’lum qilindi

Koronavirusning o‘ta yuquvchanligi sababi ma’lum qilindi
AQSHning Kornell universiteti olimlari yangi turdagi SARS-CoV-2 koronavirusining o‘ta yuquvchanligi sababini ma’lum qilishdi.
Ularning fikricha, SARS-CoV-2 o‘zida boshqa koronaviruslar genomini birlashtirgani sababli o‘ta yuquvchandir. Bu haqda Journal of Molecular Biology nashrida chop etilgan tadqiqotda aytilgan.

Tadqiqot mualliflari yangi koronavirus genomi 96 foizga atipik zotiljamni keltirib chiqargan va 2003 yilda 774 kishi hayotiga zomin bo‘lgan virus SARS-CoV-1 genomidan tashkil topganini aniqlashgan. Shu bilan birga SARS-CoV-2 insonda uchrovchi yaxshi sifatli koronavirus HCoV-HKU1’ning jihatlariga ham ega.

SARS-CoV-1 uncha yuquvchan hisoblanmaydi, biroq undan o‘lim darajasi yuqori. HCoV-HKU1’ esa, aksincha, deyarli zararsizdir, biroq juda tez tarqaladi. Shu tariqa, ushbu viruslar sintezida o‘ta yuquvchan va ko‘plab o‘lim holatlariga olib keluvchi virus hosil bo‘lgan. Ushbu virus odamlardan tashqari hujayralari retseptorlari insonnikiga o‘xshash bo‘lgan maymunsimonlar, mushuklar, qorakuzan (norka) va sassiqkuzanlar (xoryok) uchun ham xavfli hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusning o‘ta yuquvchanligi sababi ma’lum qilindi