Butun dunyo bo‘ylab 24 may tongiga qadar koronavirusga chalinganlar bo‘yicha ma’lumotlar e’lon qilindi

1 daqiqa o'qish4.3K
Butun dunyo bo‘ylab 24 may tongiga qadar koronavirusga chalinganlar bo‘yicha ma’lumotlar e’lon qilindi
24 may holatiga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 5,3 million kishidan oshib ketdi. Pandemiya dunyoning 188 davlatida qayd etilgan. Bu haqda kasallik tarqalishini real vaqtda kuzatib borayotgan Jons Hopkins universiteti ma’lumotlarida keltirilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 5 311 089 kishiga yetgan. O‘tgan bir sutka ichida kasallar soni 99,5 ming kishiga ortgan. Pandemiya boshlanganidan buyon hozirga qadar 342 104 bemor koronavirus qurboniga aylangan, 2,11 million kishi sog‘aygan.

Koronavirusdan eng ko‘p jabr ko‘rgan davlatlar — AQSH (1,62 million kasal) va Braziliya (347,3 ming). Reytingning uchinchi pog‘onasidan 335,8 ming ko‘rsatkich bilan Rossiya joy olgan, undan keyingi o‘rinlarni esa Buyuk Britaniya (258,5 ming) va Ispaniya (235,2 ming) egallab turibdi.

Dunyoda COVID-19 koronavirus infeksiyasi oqibatida vafot etganlar soni bo‘yicha ham AQSH yetakchilik qilmoqda — 97 087. Shu bilan birga, Yevropa davlatlarida antireytingning yetakchilarida kuzatilayotgan o‘lim darajasi 10 foizga ortiqroq.

Rossiyada o‘tgan bir sutka ichida 9434 ming kishida koronavirus aniqlangan. Mamlakatda hozirga qadar 107 mingdan ortiq bemor sog‘aygan bo‘lsa, 3388 bemor virus qurboniga aylangan. Butun mamlakat bo‘ylab pandemiya boshlanganidan buyon koronavirusga 8,1 milliondan ortiq test o‘tkazilgan.

O‘zbekistonda 24 may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3132 nafarga yetdi. Mamlakatda koronavirusga chalinganlarning 2532 nafari sog‘aygan, 587 nafar bemor davolanishni davom ettirmoqda, 13 nafar bemor esa koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida vafot etgan.

Manba: Daryo.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?