O‘zbekiston ishtirokidagi bahs muxlislar tashrifi bo‘yicha rekord o‘rnatdi!

1 daqiqa o'qish204
O‘zbekiston ishtirokidagi bahs muxlislar tashrifi bo‘yicha rekord o‘rnatdi!

AQSH, Meksika va Kanada yashil maydonlarida start olgan futbol bo‘yicha JCH-2026 musobaqasi ilk turdanoq kutilmagan rekordlarni taqdim etmoqda. «Football Meets Data» portali xabariga ko‘ra, guruh bosqichining dastlabki 24 ta uchrashuvini stadionlardan turib jami 1 572 584 tomoshabin bevosita kuzatib bordi.

E’tiborlisi, ushbu turdagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri aynan hamyurtlarimiz ishtirokidagi bahsda qayd etildi.

Ilk turning eng ko‘p tomoshabin to‘plagan TOP-5 o‘yini

Mundial tarixida debyut qilayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasining Kolumbiyaga qarshi kechgan tarixiy o‘yinini kuzatish uchun Mexikodagi muhtasham stadionga 80 824 nafar muxlis tashrif buyurdi. Bu ko‘rsatkich mezbon Meksikaning o‘yini bilan bir qatorda hozircha turnirning mutlaq rekordi bo‘lib turibdi.

O‘rin

Uchrashuv

Muxlislar soni

1–2

O‘zbekiston — Kolumbiya

80 824

1–2

Meksika — JAR

80 824

3

Braziliya — Marokash

80 663

4

Fransiya — Senegal

80 545

5

AQSH — Paragvay

70 492

O‘zbekiston ishtirokidagi bahs muxlislar tashrifi bo‘yicha rekord o‘rnatdi!

Eng kam muxlis to‘plagan uchrashuv

Birinchi turning eng past ko‘rsatkichi Gana va Panama terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuvda kuzatildi.

Ma’lumot uchun: Ushbu o‘yinni jonli tomosha qilish uchun stadionga 42 942 nafar muxlis tashrif buyurdi, bu esa rekord ko‘rsatkichdan qariyb ikki barobar kam demakdir.

O‘zbekiston terma jamoasi maydonda imkoniyatni boy bergan bo‘lsa-da (3:1), tribunalardagi muxlislarning faolligi va stadiondagi chinakam futbol atmosferasi mundial yilnomalariga muhrlandi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?