Abxishek Bachchan va Amitabx Bachchan / Foto: Getty Images
Mashhur hind aktyori Amitabx Bachchan koronavirusga chalinib, shifoxonaga yotqizildi. Shuningdek, uning o‘g‘li, aktyor va prodyuser Abxishek Bachchanda ham koronavirus aniqlangan.
“Mening koronavirusga tahlilim musbat chiqdi, shu sababli shifoxonaga o‘tkazildim. Oilam va xodimlarimiz ham tahlillar topshirishdi va natijalarni kutishmoqda. Men bilan oxirgi 10 kun yaqin muloqotda bo‘lganlar, iltimos, siz ham tahlil topshiring!”, deb yozgan 77 yoshli aktyor Twitter’da.
Shundan bir necha soat o‘tib 44 yoshli Abxishek Bachchan ham koronavirusga chalinganini ma’lum qilgan. U ham yengil alomatlar bilan shifoxonaga joylashtirilgan. Uning ta’kidlashicha, vahima qilishga sabab yo‘q.
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari va barcha muxlislar ota-bola aktyorlarga tezroq sog‘ayib ketishni tilab qolishgan.
Bollivud afsonasi Amitabx Bachchan 180 dan ko‘proq filmda suratga tushgan. Aktyor “hind Oskari” deb ataluvchi Filmfare Awards mukofotining 15 karra sovrindori hisoblanadi. Bundan tashqari, u 14 yildan beri “Kim millioner bo‘lishni istaydi?” teleshousining hind variantiga boshlovchilik qiladi va BMTning ko‘ngilli vakili hisoblanadi.
Avvalroq Hindiston koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda AQSH va Braziliyadan keyin 3-o‘ringa chiqib olgani ma’lum qilingandi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda virusga chalinganlar soni 850 mingdan oshib ketdi, undan vafot etganlar soni 22 mingdan ko‘proqni tashkil qilmoqda.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi