22:25 / 26.07.2020
3 473

Amerikalik tomoshabin teleboshlovchining xavfli kasalligini aniqlab beradi

Amerikalik tomoshabin teleboshlovchining xavfli kasalligini aniqlab beradi
Foto: «Tmbw.ru»
Floridada WFLA telekanali boshlovchisi Viktoriya Prays saraton kasalligini tashxislashga yordam bergani uchun teletomoshabinga minnatdorlik bildirdi.

«U bo‘ynimdagi o‘smani payqadi. O‘zidagi holatni eslatayotganini aytdi», — deb yozadi Prays «Twitter»da.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, iyunda tomoshabindan maktub olgan. Koronavirus pandemiyasi tufayli tashxislash qiyinchilik tug‘dirgan. Keyinchalik aniqlanishicha, bu chindan ham saraton bo‘lib chiqqan.

«Shifokor o‘smaning haddan tashqari tez bo‘lmasa ham, tarqalayotganini aytdi. Shuning uchun bu birinchi va oxirgi operatsiya bo‘lishidan umid qilyapmiz», — deya ta’kidlagan u.
Praysning aytishicha, teletomoshabin e’tibor bermaganida haligacha kasalligini bilmagan va qimmatli vaqtni boy bergan bo‘lardi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik tomoshabin teleboshlovchining xavfli kasalligini aniqlab beradi