«Andijon polkasi» Ginnes rekordlar kitobidan o‘rin oldi (video)

24 iyun kuni Andijonda 20 ming nafar ishtirokchi qatnashgan ommaviy "Andijon polkasi" fleshmobi Ginness rekordlar kitobiga kiritildi. Andijon viloyati hokimligining xabar qilishicha, mazkur keng ko‘lamli tadbirning asosiy maqsadi o‘zbek milliy raqs san’atini xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilishdan iborat bo‘lgan. Ushbu yirik madaniy tadbir Andijon shahrining 2026 yilda "Turk dunyosining madaniy poytaxti" deb e’lon qilinishi munosabati bilan o‘tkazildi.
Bugun, 24 iyun kuni Andijonda 20 ming nafar ishtirokchi ishtirokida tashkil etilgan ommaviy “Andijon polkasi” fleshmobi Ginness rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, mazkur keng ko‘lamli tadbirning asosiy maqsadi o‘zbek milliy raqs san’atini xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilish va ushbu ko‘rsatkich bilan Ginness rekordlar kitobidan o‘rin olishdan iborat bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, ushbu yirik madaniy tadbir Andijon shahrining 2026 yilda “Turk dunyosining madaniy poytaxti” deb e’lon qilinishi munosabati bilan o‘tkazildi. Shu kuni shahar markaziy maydoni va unga tutash hududlar milliy kuy-qo‘shiqlar, rang-barang liboslar hamda maxsus sahnalashtirilgan chiqishlar bilan bayramona muhitga burkandi.






























Izohlar 0
…