Pokistonda eri tomonidan 12 yil uyda qamab qo‘yilgan ayol ozod qilindi

Pokistonda politsiya o‘z xotini va farzandlarini 12 yil davomida uyda asirlikda saqlab, ularga muntazam ravishda zo‘ravonlik qilib kelgan erkakni qo‘lga oldi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Fransiya fuqarosi Silvi Yasmina turmush o‘rtog‘i tomonidan yillar davomida jismoniy va ruhiy bosimga uchragan. Ayol erkakni o‘ta shafqatsiz inson sifatida ta’riflagan.

Er-xotinning o‘g‘illaridan biri yashirincha uydan chiqib, politsiyaga xabar berishga muvaffaq bo‘lgan. Shundan so‘ng huquq-tartibot idoralari Xayber-Paxtunxva provinsiyasidagi Bara shaharchasida joylashgan xonadonda maxsus reyd o‘tkazgan.

Politsiya Yasmina va uning besh nafar farzandini tor va o‘ta xaroba xonadan topgan. Ularning tanasida ko‘plab jarohatlar va ko‘karish izlari aniqlangan. Hozirda ayol va uning farzandlari Peshovar shahridagi maxsus boshpanaga joylashtirilgan bo‘lib, yaqin kunlarda Fransiyaga qaytishni rejalashtirmoqda.

54 yoshli Yasminaning aytishicha, oila 2014 yilda Avstraliyadan Pokistonga ko‘chib kelgan va o‘sha vaqtdan buyon tashqi dunyodan butunlay uzilib qolgan. Unga hech kim bilan muloqot qilishga ruxsat berilmagan, ikki nafar katta farzandi ta’limdan mahrum bo‘lgan, Pokistonda tug‘ilgan uch nafar kichik farzand esa umuman maktabga bormagan.

“Biz ozodlikdan mahrum edik. Erim bizga er va ota sifatida g‘amxo‘rlik qilmadi. U har kuni bizni kaltaklardi va doimiy bosim o‘tkazardi. Men o‘z kelajagim barbod bo‘lganiga ishongandim, bolalarimning ham taqdiri yo‘qolib ketishidan qo‘rqardim”, deya bildirgan Yasmina.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar