Erkak deb o‘ylangan mushuk bolaladi

Erkak deb o‘ylangan mushuk bolaladi

Izmir shahrida yashovchi Aylin ismli ayol o‘zining Jengo laqabli mushugi bilan bog‘liq kutilmagan holatga duch keldi. Bir yil davomida erkak deb o‘ylab kelgan mushugi to‘satdan mushukchalarni dunyoga keltirgan.

Hayratga tushgan ayol darhol veterinarga murojaat qilgan. Tekshiruvlar natijasida Jengo juda kam uchraydigan tug‘ma holat — germafroditlik (ikki jinslilik) bilan tug‘ilgani aniqlangan.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bunday holat juda noyob bo‘lib, taxminan har 6 million holatdan bittasida uchraydi.

Qiziq tomoni shundaki, Jengoning dunyoga kelgan mushukchalaridan birida ham xuddi shunday holat kuzatilgan. Ya’ni u ham ikki jinsli bo‘lib tug‘ilgan.

Bu voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lib, ko‘pchilikni hayratda qoldirdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar