20:18 / 11.10.2020
3 605

Istanbulga to‘tiqushlar xavf solmoqda

Istanbulga to‘tiqushlar xavf solmoqda
Foto: «Classpic.ru»
Istanbulning barcha hududlarida juda ko‘p miqdorda yashil to‘tiqushlar to‘planmoqda, deb yozadi «Hurriyet» gazetasi.
Nashrning ta’kidlashicha, yashil to‘tiqushlar asosan Janubiy Osiyo va Sharqiy Afrikada yashashadi. Biroq so‘nggi yillarda ular Istanbul bog‘larida ham paydo bo‘la boshlagan.

Hammasi 1996 yilda Istanbulning Beykoz hududida ushbu qushlardan bir necha yuztasini olib ketayotgan avtomobil ag‘darilib ketganda boshlandi. To‘tiqushlar uchib ketishgan va shaharda o‘rnashib qolishgan.

Avvallari «uchar ekzotika»ni Avliyo Sofiya va Yulduz yonidagi Gulxona markaziy bog‘idagina uchratish mumkin edi. Biroq endi ular Istanbulning boshqa joylariga ham o‘rnashmoqda.

Ta’kidlanishicha, to‘tiqushlar qarg‘a, ko‘rshapalak va olmaxonlarning inlarini va boshqa yashash joylarini egallab olishyapti. Biologlar ushbu vaziyatdan xavotirda. Ularning fikricha, to‘tiqushlarning hujumidan shahar faunasi xavf ostida qolmoqda.

Nashrning yozishicha, Istanbuldan tashqari Izmirda ham ko‘plab to‘tiqushlar yashashadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Istanbulga to‘tiqushlar xavf solmoqda