07:33 / 21.10.2020
2 899

Pandemiya sharoitida xitoyliklar yana-da boyib ketmoqda

Pandemiya sharoitida xitoyliklar yana-da boyib ketmoqda
Foto: «Daily Mail»
Koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan global iqtisodiy inqirozga qaramay, Xitoyning o‘ta boy odamlari o‘tgan yili rekord darajada 1,5 trillion dollar ishlab topishdi. Bu haqda «Daily Mail» xabar berdi.

Tahlilchilarning qayd etishicha, «dunyo bir yil ichida shu darajada ko‘p boylik orttirgan holatni hech qachon ko‘rmagan». Xitoyda 257 nafar yangi milliarder paydo bo‘ldi. Mamlakatning eng boy odami Jek Maning mol-mulki 45 foizga ko‘payib, 58,8 milliard dollarga yetdi. Uning «Alibaba» kompaniyasi esa inqirozdan natijalarini yaxshilash orqali foyda ko‘rdi.

Sog‘liqni saqlash sohasidagi tadbirkorlar ham o‘z mablag‘larini ko‘paytirib olishdi. Mana, masalan, vaksinalar ishlab chiqaruvchi «Zhifei» kompaniyasi asoschisi Szyan Jenshen boyligini uch baravarga ko‘paytirib, 19,9 milliard dollarga yetkazib oldi. Xitoylik biznesmenlar ham dunyo miqyosida niqob va tibbiy buyumlarga talab oshishidan foydalanib qolishdi. Umumiy eksport hajmi sentabrda oldingi yil bilan taqqoslaganda 9,9 foizga oshdi.

Xitoy iqtisodiyoti joriy yil yanvardan sentabrga qadar 0,7 foizga o‘sdi. Aholi daromadi yillik hisobotda 3,9 foizga oshdi. Joriy yilning ikkinchi choragida aynan Xitoy G20ning iqtisodi o‘sgan yagona davlatiga aylandi.

Koronainqiroz sharoitida iqtisodiyoti tiklanishda davom etayotgan yagona mamlakat Xitoy bo‘lib, yalpi ichki mahsuloti uchinchi chorakda o‘tgan yilga solishtirganda 4,9 foizga o‘sgani haqida xabar bergandik.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pandemiya sharoitida xitoyliklar yana-da boyib ketmoqda