00:07 / 23.10.2020
2 744

Tramp COVID-19 tufayli Xitoyga «ko‘p narsa» qilishga va’da berdi

Tramp COVID-19 tufayli Xitoyga «ko‘p narsa» qilishga va’da berdi
Foto: Getty Images
AQSH prezidenti Donald Tramp amerikaliklarning niqob taqishga majbur bo‘lishida Xitoy aybdor ekanligini aytdi. Bu haqda u Oq uyda o‘z tarafdorlari bilan uchrashuvda ma’lum qildi, deb yozadi «RBK».

«Amerika shu haftada» dasturi boshlovchisi Erik Bolling Trampdan agar saylovlarda g‘olib chiqsa, Vashington Pekinga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishi haqida so‘radi, ammo davlat rahbari javobdan qochdi. U shunchaki, uning ma’muriyati Xitoyga «ko‘p narsa» qilishi haqida aytdi.

«Ular bizga qilgan narsa — sharmandalik», — dedi Amerika yetakchisi.

Donald Tramp Xitoyni koronavirus tarqatishda ko‘p bora ayblagan. Chunonchi, u Twitter’dagi videomurojaatida Xitoyga koronavirus tarqatganligi qimmatga tushishini aytgandi. Xitoy esa koronavirusga qarshi AQSHning barcha ayblovlarini rad etib, ularni asossiz deb atagan edi.

Eslatib o‘tamiz, oktabr boshida AQSH prezidentining o‘zi ham koronavirusga chalinib, so‘ng tuzaldi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp COVID-19 tufayli Xitoyga «ko‘p narsa» qilishga va’da berdi