22:11 / 09.12.2020
4 333

Olimlar tabiiy gazni o‘ta yuqori tezlikda qattiq shaklga aylantirish usulini yaratdi (video)

Olimlar tabiiy gazni o‘ta yuqori tezlikda qattiq shaklga aylantirish usulini yaratdi (video)
Foto: Hi-Tech.Mail.ru
Singapur milliy universiteti (NUS) muhandislari tabiiy gazni qattiq shaklga o‘tkazishning yangi usulini ishlab chiqdi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru. Bu gazni saqlash va yetkazish xavfsizligini ta’minlaydi hamda osonlashtiradi.

Olimlarning ushbu sohadagi tajribalari muhim ahamiyatga ega: tabiiy gaz hamon asosiy energiya manbasi hisoblanadi, biroq u bilan ishlash ancha qiyin — uni juda past haroratda (Selsiy bo‘yicha -162 daraja) suyuq holatga o‘tkazish kerak va bu u qadar xavfsiz emas.

Olimlar gazni qattiq shaklga aylantirish usulini tabiatdan «o‘rgangan». Umuman olganda, tabiatda shunga o‘xshash usul bor — ma’lum bir molekula sharoitida tabiiy gaz suv molekulalarining «hujayrasi»ga tushib, gaz gidratlari yoki qaynoq muz hosil qilishi mumkin. Biroq bu yetarli darajada tez emas va tadqiqotchilarning aralashuvisiz u bir necha million yil davom etadi.

Olimlarning ma’lum qilishicha, tajriba davomida butun jarayon 15 daqiqa vaqt olgan — bu juda ham tez. Yangi aralashmaning asosini L-triptofan — reaksiya tezligini oshiradigan va qattiq kristall moddani hosil qilishda ko‘proq gaz «ushlaydigan» aminokislota tashkil etadi. Tadqiqotchilarning o‘zi tajriba natijasini katta yutuq deb atamoqda.

Tayyor mahsulot xuddi muz bo‘lagidek ko‘rinishga ega. U portlashga moyil emas va Selsiy bo‘yicha -5 daraja sovuqda saqlash uchun yetarlicha barqaror. Bundan tashqari, yangi usulda odatdagidan ko‘ra kamroq toksik qo‘shimchalar ishlatilgan.

Hozircha tajriba faqat laboratoriyada o‘tkazilgan, biroq yaqin orada uni keng ko‘lamli tabiiy gazlarda sinab ko‘rish rejalashtirilmoqda. Gap kuniga 100 kilogrammga yaqin gazni qattiq shaklga o‘tkazish haqida ketmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar tabiiy gazni o‘ta yuqori tezlikda qattiq shaklga aylantirish usulini yaratdi (video)