22:44 / 09.12.2020
4 401

Turkiya COVID-19ga qarshi Rossiya vaksinasini sotib olmaslik sababini ma’lum qildi

Turkiya COVID-19ga qarshi Rossiya vaksinasini sotib olmaslik sababini ma’lum qildi
Foto: «Rusdialog.ru»
Turkiya koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasini sotib olmaydi, chunki u tegishli laboratoriya amaliyotiga muvofiq emas, dedi respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbari Faxrettin Koja.

«Muammo shundaki, Rossiya vaksinasi GLP (tegishli laboratoriya amaliyoti)ga mos kelmaydi, shuning uchun u bizning e’tiborimizdan chetda qoldi», — deya Koja so‘zlarini keltirmoqda «Haberturk».

«Worldometers» ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni 893,630 kishiga yetdi. 15,314 bemor hayotdan ko‘z yumdi. 441,515 kishi kasallikdan forig‘ bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya COVID-19ga qarshi Rossiya vaksinasini sotib olmaslik sababini ma’lum qildi