Hindistonda ayol erini farzandsizlikda ayblagani uchun pichoqlab qo‘ydi

1 daqiqa o'qish4
Hindistonda ayol erini farzandsizlikda ayblagani uchun pichoqlab qo‘ydi

Hindistonning Bengaluru shahrida ayol besh yildan beri farzand ko‘rmagani uchun uni muntazam ayblab, haqorat qilgan erini pichoqladi. Erkak olgan jarohatlari oqibatida vafot etdi. Hodisa yuzasidan ayol qo‘lga olingan.

The New Indian Express nashrining xabar berishicha, voqea 11 noyabr kuni Lakshmipura hududida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bankning kredit bo‘limida ishlagan Rajasekxar uyiga mast holda qaytib, rafiqasi Malashri bilan janjallashgan.

Ma’lum bo‘lishicha, er-xotin besh yil avval turmush qurgan, biroq farzandli bo‘lmagan. Erkak spirtli ichimlik iste’mol qilganidan keyin xotinini farzand ko‘ra olmayotgani uchun muntazam ayblab, ruhiy tazyiq o‘tkazgani aytilmoqda. Bu masala oilada tez-tez janjallarga sabab bo‘lgan.

Navbatdagi tortishuv vaqtida Malashri oshxonadan pichoq olib, erining ko‘krak qismiga zarba bergan. Erkak og‘ir jarohat olgan. U shifoxonaga olib borilganida vafot etgani ma’lum bo‘lgan.

Hodisadan keyin ayol yaqinlariga qo‘ng‘iroq qilgan. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, Malashri avval ham turmush o‘rtog‘i bilan bo‘lgan janjallar va farzandsizlik sababli ruhiy tushkunlikka tushgan. U uch oy davomida davolangan va taxminan to‘rt oy avval shifoxonadan chiqqan.

Politsiya ayolni qo‘lga olgan. Hozirda hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?