12:17 / 24.12.2020
2 149

Reper Paff Deddi onasiga 1 mln dollarlik chek va Bentley sovg‘a qildi

Reper Paff Deddi onasiga 1 mln dollarlik chek va Bentley sovg‘a qildi
Foto: Page Six
Amerikalik reper, prodyuser, tadbirkor va aktyor Paff Deddi onasining 80 yoshga to‘lishi munosabati bilan unga kutilmagan sovg‘a tayyorladi, deb xabar beradi Page Six.

Ta’kidlanishicha, qo‘shiqchi onasi Jenis Kombsning sharafiga bayram dasturxoni tashkil etib, unga bir million dollarlik chekni topshirgan, uning o‘g‘li esa buvisiga brilliant marjon sovg‘a qilgan.

Shundan so‘ng, reper tug‘ilgan kun egasiga yangi Bentley’ning kalitini topshirigan, shuningdek, mashinaga yangi haydovchi yollagan.

Foto: Instagram / @Diddy

Foto: Instagram / @Diddy
Jenis Kombs bilan shu kunning o‘zida Paff Deddining 14 yoshli egizak qizlari ham tug‘ilgan kunini nishonlagan. Qizlar bayramni do‘stlari bilan yaxtaga o‘tkazgan.

Foto: Instagram / @Diddy
Paff Deddi dunyodagi eng badavlat hip-hop qo‘shiqchilardan biri hisoblanadi. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, u 2020 yilda 55 million dollar ishlab topgan, 2019 yilda esa reperning boyligi 740 million dollarga baholangan edi.

Hozirda u musiqiy faoliyatini to‘xtatgan bo‘lib, aktyorlik bilan shug‘ullanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Reper Paff Deddi onasiga 1 mln dollarlik chek va Bentley sovg‘a qildi