Foto: National Geographic.ru
Sietldagi Vudlend-park hayvonot bog‘idagi 24 yashar maymun bolaladi. Veterinar-akusherlar Nadiri laqabli maymunning 29 yanvar kuni soat 10:25 da ko‘zi yoriganini ma’lum qilgan, deb yozadi National Geographic.ru.
Ta’kidlanishicha, bu Nadirining ikkinchi, 21 yoshli Kvamning esa birinchi marta ota bo‘lishi. Ona maymun yetarlicha qayg‘urmagani va bolasi dunyoga kelgan kuni ovqatlantirish hamda isitish uchun qo‘liga olmagani sabab ayni vaqtda bola maymun hayvonot bog‘i xodimlarining kuzatuvi ostida.
Hayvonot bog‘i xodimi Martin Ramires Nadiri bolasining yonida biroz muddat bo‘lib qo‘liga olayotgani, ammo ovqatlantirish istagi yo‘qligini, ular tez orada onalik instinkti paydo bo‘lishiga umid bildirayotganini ma’lum qilgan.
Nadiri ilk marta 2015 yilda ona bo‘lgan va shunda ham onalik tajribasi yo‘qligi uchun nima qilishni bilmay qolgan. Shu sabab bolasi Yolaga hayvonot bog‘idagi mutaxassislar g‘amxo‘rlik qilgan. Nadirida onalik instinkti paydo bo‘lganidan keyin esa Yola onasi va oilasining boshqa a’zolari bilan tanishgan. Bu safar ko‘zi yoriganida xodimlar Nadiri bolasiga g‘amxo‘rlik qilishga kirishishiga umid qilgan, ammo tug‘ruqning keyingi kunlarida bu holat yuz bermagan. Shifokor Darin Kollinz bolaning ahvoli yaxshi va sog‘lom ekanligi, vazni 2,2 kiloni tashkil qilishini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Jirafani minganga qanday jazo bor? Qozoq «chavandoz»i qidirilyapti

Maymun ham farroshning ishlarini bajardi

Tuyaqush hayvonot bog‘i xodimiga tashlandi (video)

Hayvonot bog‘idagi jirafa bema’ni tasodif sababli nobud bo‘ldi (video)

Hayvonot bog‘i nazoratchisi kamyob turnani tomoshabinlar ko‘z o‘ngida kaltakladi

Onasi uka olib kelganidan xursand bo‘lgan maymun (Video)