Foto: «Super.ru»
Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi Ilon Mask Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Clubhouse ijtimoiy tarmog‘i orqali muloqot qilishga chaqirdi, deb yozadi «Kommersant’». Bunday taklifni biznesmen Twitter’da bildirdi.
«Siz bilan suhbatlashish katta sharaf bo‘lgan bo‘lardi», — deb yozdi Mask rus tilida Rossiya prezidenti rasmiy sahifasini «teg» qilib.
Clubhouse — 2020 yil aprelida ishga tushirilgan yopiq ijtimoiy tarmoq. Unga ulanish uchun boshqa ishtirokchilardan taklif olish kerak. Muloqot virtual xonalarda ovoz yordamida amalga oshiriladi.
Ilon Mask — dunyoning eng boy odamlaridan biri. U Bloomberg va Forbes reytinglarida tegishli ravishda birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallaydi. Bloomberg uning boyligini 195 milliard, Forbes esa 177 milliard dollarga baholaydi.
Avvalroq Ilon Mask Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on bilan telefon orqali suhbat o‘tkazgan edi. Ular Turkiyadagi davlat va xususiy kompaniyalar bilan SpaceX’ning turli sohalarda, birinchi navbatda, kosmik texnologiyalar hamda sun’iy yo‘ldoshlar qurish sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Ilon Mask bir kunda qariyb 9 milliard dollar yo‘qotdi

Ilon Mask Sukerbergni ortda qoldirib dunyoning eng boy odamlari uchligidan joy oldi

Ilon Mask dunyoning eng boy odamlari reytingida Uorren Baffettni ortda qoldirdi

Ilon Mask bir haftada 2 mlrd dollarga boyidi

Ilon Mask General Motors zavodlarini sotib olmoqchi

Ilon Mask oʻzini 20 mln dollarlik jarimaga tortgan idoraning ustidan kuldi