Foto: Gamersky
PlayStation 5 o‘yin konsoli sotuvga chiqquniga qadar noodatiy dizayni bilan ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Ayrimlar uni katta marshrutizatorga (router) o‘xshatgan. PlayStation ixlosmandlaridan biri qurilmaning ushbu xususiyatidan foydalanib, uni sotib olish uchun rafiqasini aldagan, deb yozadi IXBT.
Vetnamlik erkak PlayStation 5 sotib olishni juda ham istagan, biroq rafiqasi bu qadar qimmat xariddan xabar topishini xohlamagani uchun uni zamonaviy marshrutizator sifatida «tanishtirgan». Erkak puxta tayyorlangan — u uyga mahalliy tarmoq provayderining maxsus libosida kelgan do‘kon xodimini yollab, yangi «marshrutizator»ni o‘rnattirgan. Ayol shubhalanmasligi uchun konsol korpusiga provayder servis markazining raqamlari tushirilgan.
Geymer bu haqida ijtimoiy tarmoq orqali ma’lum qilganidan so‘ng voqea butun internet bo‘ylab tarqalib ketdi. «Shunday ekan, ayolini aldashga muvaffaq bo‘lganiga qaramay, ertami, kech u qo‘shnilar orqali bundan xabar topadi», — deyiladi xabarda.
Avvalroq tayvanlik erkak ayolini yaqinda sotib olgan PlayStation 5 konsolini havo tozalagich deb aldab kelgan. Tez orada ayol haqiqatdan xabar topib, erini konsolni sotishga majbur qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin