10:30 / 09.04.2021
795

Bishkekda kelin o‘g‘irlashga qarshi miting bo‘lib o‘tdi

Bishkekda kelin o‘g‘irlashga qarshi miting bo‘lib o‘tdi
Qirg‘iziston poytaxtida kelin o‘g‘irlash va qizlarni zo‘rlab turmushga berishga qarshi norozilik namoyishi bo‘lib o‘tmoqda, deb xabar qilmoqda RIA Novostiga tayanib Sputnik.

Mamlakat IIV binosi oldida yuzlab namoyishchilar to‘plangan. Ularning qo‘llarida “Jinoyat jazolanishi shart”, “Bizni o‘g‘irlashni bas qilishlari uchun necha kishimiz o‘lishi kerak” va “Ala kachuu (kelin o‘g‘irlash – Sputnik.) – bu an’ana emas” deb yozilgan plakatlar bor. “Sharmanda” deb baqirishmoqda.

Namoyishchilarning bir qismi respublika ichki ishlar vaziri Ulan Niyazbekov iste’fosi hamda huquqni himoya qilish organlari xodimlarini harakatsizlik uchun javobgarlikka tortishni talab qilmoqda.

27 yoshli Ayzada Kantabekovning shov-shuvli o‘limi miting uyushtirilishiga sabab bo‘lgan. Uni 5 aprel kuni noma’lum shaxslar o‘g‘irlab ketgan. Qizning qarindoshlari bu ishni uning tanishi nikohga majburlash maqsadida qilgan bo‘lishini mumkinligini taxmin qilishmoqda. Militsiya olib borgan ish o‘z natijasini bermagan.

7 aprel kuni Bishkek yaqinidagi dalada cho‘pon gumonlanuvchining avtomobilini topgan. Mashina ichida qiz va uni o‘g‘irlagani gumon qilinayotgan shaxsning jasadi bo‘lgan. IIVning xabar qilishicha, dastlabki tergov surishtiruvlariga ko‘ra, erkak dahanaki jangdan so‘ng Kanatbekovani bo‘g‘ib o‘ldirgan, keyin o‘z joniga qasd qilgan.

Bu voqea Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning qulog‘iga ham yetib borgan va u Ayzada Kanatbekovaning o‘g‘irlanishi va o‘limi surishtiruvini shaxsiy nazoratiga olgan.

Japarov Ayzada Kanatbekova bilan bog‘liq bu fojiali voqea kelish o‘g‘irlash tarixidagi so‘nggisi bo‘lishi va aybdorlar jazolanishi kerakligini ta’kidlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Bishkekda kelin o‘g‘irlashga qarshi miting bo‘lib o‘tdi