Strechga o‘ralgan o‘zbekistonlik ayol ishida nuqta qo‘yildi: qotil umrbod qamaldi

Strechga o‘ralgan o‘zbekistonlik ayol ishida nuqta qo‘yildi: qotil umrbod qamaldi

Turkiyada 63 yoshli o‘zbekistonlik ayol Dinara Alya Urqosimovani o‘ldirib, uni «strech»ga o‘rab qo‘ygan turkiyalik ma’shuq Metin Kapusuz og‘irlashtirilgan umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Turkiya ommaviy axborot vositalari xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, dahshatli jinoyat 2025 yil 21 iyun kuni Chanoqqal’a viloyatining Esenler mahallasida sodir bo‘lgan. Marhumadan uch kun davomida xabar ololmagan yaqinlari politsiyaga murojaat qilgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari uning yashash manziliga yetib borganida, uy eshigini marhumaning sevgilisi bo‘lgan 48 yoshli Metin Kapusuz ochgan. Tekshiruv vaqtida gumonlanuvchi qulflab qo‘ygan massaj xonasidan Dinara Alya Urqosimovaning jonsiz tanasi topilgan. Shundan so‘ng u voqea joyida qo‘lga olinib, hibsga olingan.

Tergov yakuniga ko‘ra, ayblanuvchiga nisbatan «ayol kishini qasddan o‘ldirish» moddasi bo‘yicha ayblov qo‘yilgan. 2026 yil 12 iyun kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida Metin Kapusuz o‘z aybini rad etgan.

U himoya nutqida: «Men uni o‘ldirmadim. Faqat o‘lganidan keyin o‘rab qo‘ydim va telefonimdagi ma’lumotlarni o‘chirib tashladim», deya bayonot bergan.

Biroq sud hay’ati ish materiallari va dalillarni o‘rganib chiqib, uning aybi to‘liq isbotlangan, degan xulosaga keldi va hech qanday yengillashtiruvchi holat qo‘llamasdan, og‘irlashtirilgan umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar