09:43 / 18.05.2021
3 896

AQShning Qozog‘istondagi elchixonasi LGBT bayrog‘ini osdi


AQShning Qozog‘istondagi elchixonasi bugun o‘z binosiga LGBT bayrog‘ini osib qo‘ydi. Elchixonaning Feysbukdagi sahifasida aytilishicha, ushbu bayroq Xalqaro gomofobiya, bifobiya va transfobiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan osilgan. Elchixona Qozog‘istonda LGBT a’zolari kamsitilayotganini aytib, bundan xavotir bildirgan.

Barcha, jumladan, LGTB a’zolari jamiyat hayotida har tomonlama va faol ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘lishi zarur”, – deyiladi AQSh elchixonasi bayonotida.

Amerikalik diplomatlarning “bayroq” tashabbusi ijtimoiy tarmoqlarda tanqidlarga sabab bo‘lmoqda. Bir qator foydalanuvchilar elchixonaning yonida masjid joylashganini ta’kidlab, kamalakrang bayroqning osilishini provokatsiya deb hisoblamoqda.

AQShning avvalgi prezidenti Donald Tramp Amerika elchixonalarida LGTB bayrog‘ini osishni taqiqlab qo‘ygandi. Hozirgi prezident Jo Bayden ma’muriyati esa taqiqni bekor qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQShning Qozog‘istondagi elchixonasi LGBT bayrog‘ini osdi