15:56 / 08.08.2021
2 507

Chikagodagi daryoga tashlangan 70 ming dona rezina o‘rdakchalar (video)


Foto: AFP
Chikagoda 70 mingga yaqin rezina o‘rdakcha ko‘prikdan daryoga tashlandi — buning uchun butun boshli yuk mashinasi talab etilgan. Ammo bu vandalizm akti emas, balki Special Olympics Illinois notijoriy xayriya tashkiloti tomonidan tashkillashtirilgan poyga, deb xabar beradi Meduza.

Ta’kidlanishicha, ushbu tashkilot aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan sportchilar uchun bellashuv va mashg‘ulotlarni o‘tkazish bilan shug‘ullanib keladi.

Ishtirokchilar besh dollar evaziga poygada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tkazilgan (rezina o‘rdak puli ham shuning ichida). Birinchi o‘rinni egallagan g‘olibga avtomobil, ikkinchi va uchinchi o‘rinni egallaganlarga esa Meksikaga safar va 200 dollardan pul mablag‘lari beriladi.

Special Olympics Illinois o‘rdak poygasi sharofati bilan 300 ming dollardan ortiq mablag‘ yig‘ishga muvaffaq bo‘lingan. Yig‘ilgan mablag‘lar xayriyaga sarflanadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo