Olmaotada erkak qizi bilan ketayotib, daryoga tushgan kuchukchani qutqarib qoldi (video)

Qozog‘istonning Olmaota shahrida kichik qizi bilan sayr qilib ketayotgan erkak daryoga tushib qolgan kuchukchani qutqarish uchun yugurdi. Uning jonivorga yordam berish uchun hech ikkilanmay kuchukchaga egilib, uni suvdan qutqarish uchun harakat qilgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Mahalliy nashrlarning yozishicha, voqea 9 noyabr kuni ertalab soat 08:15 atrofida Sayran ko‘li yaqinidagi River City turar joy majmuasi yonida sodir bo‘lgan. Erkak qizi bilan ketayotib, suvdagi kuchukchani ko‘rib qolgan va uni qutqarishga shoshilgan.
Voqea tasodifiy guvoh tomonidan videoga olingan. Video muallifining aytishicha, u erkakning kichik qizi bilan ketayotganini ko‘rgan. Erkak kuchukchani qutqarish uchun yugurganida, qizaloqni videoni olgan ayolning dugonasi kuzatib turgan.
Videoni ijtimoiy tarmoqqa joylagan ayol qahramonni topib, unga jonivorning hayotini saqlab qolgani uchun minnatdorlik bildirishni istagan. Hozircha erkakning shaxsi aniqlangani haqida ma’lumot yo‘q.
Ushbu lavhalar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining iliq munosabatiga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik erkakning beg‘araz yordamini olqishlab, uning insoniyligi va hayvonlarga mehrini e’tirof etdi.






























Izohlar 0
…