07:00 / 04.09.2021
2 778

Afg‘onistonning sobiq vitse-prezidenti Solih Panjsherni tark etib Tojikistonga ketdi

Afg‘onistonning sobiq vitse-prezidenti Solih Panjsherni tark etib Tojikistonga ketdi
Foto: AFP
Afg‘onistonning sobiq vitse-prezidenti Amrulla Solih Panjsherni tark etdi va Tojikistonga ketdi. Bu haqda TASS o‘z manbasiga tayanib xabar berdi.

«Panjsherdagi vaziyat ancha murakkab. Toliblar hududni to‘rt tomondan qamal qilgan, viloyatga internet, elektr va telefon aloqasini bermayapti. Solih o‘tgan tunda Panjsherni tark etdi va Tojikistonga yo‘l oldi. U allaqachon o‘sha yerda bo‘lsa kerak», – degan agentlik manbasi.

15 avgust kuni «Tolibon» Afg‘onistonda hukumatni egallaganidan so‘ng prezident Ashraf G‘ani mamlakatni tark etgach, vitse-prezident Amrulla Solih o‘zini mamlakat prezidenti deb e’lon qilgandi.

Keyinroq Solihning Panjsher viloyatida ekanligi ma’lum qilindi. Panjsher hozirda toliblar nazoratiga o‘tmagan yagona viloyat bo‘lib turibdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘onistonning sobiq vitse-prezidenti Solih Panjsherni tark etib Tojikistonga ketdi