Foto: RIA Novosti
Rossiyalik milliarder Roman Abramovich Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi muzokaralarda Kremlning ruxsati bilan qatnashmoqda. Bu haqda Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
«Roman Abramovich tomonlar o‘rtasidagi ba’zi aloqalar o‘rnatilishida ishtirok etgan, ammo u delegatsiyaning rasmiy vakili hisoblanmaydi. Rossiya delegatsiyasini prezident yordamchisi Vladimir Medinskiy boshqarmoqda. Rossiya nomidan Abramovich ham Istanbuldagi muzokaralarda ishtirok etmoqda», dedi Peskov.
Jurnalistlar Abramovich muzokaralarda ishtirok etishi Kreml tomonidan tasdiqlangani yoki yo‘qligi haqida ham so‘rashdi. «Bunday muzokaralarda ishtirok etish uchun ikki tomonning roziligi kerak bo‘ladi. Abramovich bunday rozilikni olgan», dedi Kreml rasmiy vakili.
Peskov Abramovich va ukrainalik muzokarachilarning ba’zilarida zaxarlanish alomatlari paydo bo‘lgani haqidagi xabarlarni esa axborot urushining bir qismi deb atadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Samarqandda voyaga yetmagan qizni zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlandi
Jaloliddin Masharipov: "Qatar ustidan g‘alaba qozonsak, Jahon chempionati masalasini 90 foizga hal etamiz"
AQSHda Tramp siyosatidan qochmoqchi bo‘lganlarga 4 yillik sayohat taklif qilindi