
Foto: «Fokus»
Ukrainaning Rossiya bilan muzokaralardagi rahbari, xalq deputati David Araxamiyaning aytishicha, ikki tomon o‘rtasidagi muzokaralar 1 apreldan yangilanadi.
Bir haftadan so‘ng bir qator hujjatlar tayyor bo‘ladi va ular prezidentlarning shaxsiy uchrashuvlarida muzokaralar mavzusiga aylanadi.
«Yuzma-yuz uchrashuv masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, biz rossiyaliklardan javob kutyapmiz. Ular ikki-uch kun o‘ylab ko‘rib, taklifimizga javob berishadi. Biz ularga ikki mamlakat yetakchilari uchrashuvi uchun fursat yetganini aytdik. O‘ylashimcha, hafta davomida biz o‘zimizga bog‘liq hamma ishni bajaramiz, qolganiga vakolatimiz yetmaydi. Buyog‘iga prezidentlarning uchrashuvini kutamiz», — dedi Araxamiya uzluksiz telemarafon chog‘i. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar