Antioksidantlarga boy bu sabzavot ichaklarga yordam beradi, yurakni himoya qiladi, immunitet tizimini qo‘llab-quvvatlaydi, ovqat hazm qilishni yaxshilaydi va hatto, saraton kasalligidan himoya qiladi. Xo‘sh, piyoz qanchalik foydali? “Noviy ochag” nashri bu savolga javob topishga harakat qiladi.
Bi dona o‘rta o‘lchamdagi piyozda quyidagilar mavjud:
- 44 kaloriya
- 13 g uglevodlar
- 1 g protein
- <1 g yog‘
- <1 g to‘yingan yog‘
- 2,5 g klechatka
- 6 g shakar
- 216 mg kaliy
- 15 mg magniy
- 11 mg C vitamini
- 0,178 mg B6 vitamini
Piyoz qanchalik foydali?
Ushbu sabzavot
- C vitamini,
- B6 vitamini,
- foliy kislotasi,
- kaliy
- marganetsning
tabiiy manbaidir. Eng muhimi u bizning taomlarimizni tuz va lazzat kuchaytirgichlar qo‘shilmasdanoq yanada mazali va xushbo‘y qiladi.
Yurakni himoya qiladi
Piyozdagi tarkibidagi tabiiy birikmalar yallig‘lanishni kamaytiradi va xolesterin darajasini pasaytiradi. Bundan tashqari, sabzavot tarkibida ko‘p bo‘lgan polifenol quercetin qon bosimi darajasini pasaytirishga yordam beradi.
Immunitet tizimini mustahkamlaydi
Onangiz bolaligingizda piyoz gripp va shamollashda yordam beradi, deb aytganmi? Chindan ham piyozda topilgan fitokimyoviy moddalar immunitetni kuchaytiradi, viruslar va bakteriyalarga qarshi turadigan maxsus oqsillar sintezini rag‘batlantiradi.
Saraton xavfini kamaytirishga yordam beradi
Piyozdagi antioksidantlar nafaqat yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega: oltingugurt organik birikmalari saratonning ayrim shakllarini rivojlanish xavfini ham kamaytiradi. Masalan, 2014-yilda chop etilgan 27 ta tadqiqotning meta-tahlili shuni ko‘rsatdiki, piyoz iste’mol qilish oshqozon va yo‘g‘on ichak saratoni xavfini kamaytiradi.
Ovqat hazm qilishni yaxshilaydi
Aksariyat kattalarda klechatka yetishmaydi, bu bizning ichaklarimiz to‘g‘ri ishlashi uchun zarur bo‘lgan moddadir. Piyoz maxsus klechatkaga boy bo‘lib, foydali ichak bakteriyalari — probiotiklarning ko‘payishiga yordam beradi. 2018-yilda chop etilgan tadqiqotlarga ko‘ra, piyozdagi klechatka ichak bakteriyalarini muvozanatlashda boshqa meva va sabzavotlardagi tolalarga qaraganda ancha yaxshi samara beradi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring