date

Chaqaloqning boshidagi liqildoq tez yopilsa xavotirli emasmi?

Chaqaloqning boshidagi liqildoq tez yopilsa xavotirli emasmi?

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlar boshida “liqildoq” deb ataladigan yumshoq joy bo‘ladi. Bu suyaklar hali to‘liq yopilmaganidan dalolat beradi va bola miyasining normal o‘sishi uchun juda muhim.

Ko‘pchilik ota-onalarni qiynaydigan savol: liqildoq nega kichik bo‘lishi yoki juda erta yopilishi mumkin?

Asosiy sabablardan ba’zilari:

  •  Genetik omillar – ba’zi bolalarda tabiiy ravishda liqildoq kichikroq bo‘lishi mumkin.
  • Rivojlanish tezligi – bola suyaklari tezroq qotganida liqildoq ham erta yopiladi.
  • D vitamini yetishmovchiligi yoki me'yordan ortiqligi – suyaklarning qotish jarayoniga ta’sir qiladi.
  • Bosh ichidagi bosim o‘zgarishi – kam hollarda shifokor nazoratini talab qiladigan sabab bo‘lishi mumkin.

Qachon tashvishlanish kerak?

Agar liqildoq odatdagidan juda kichik bo‘lsa, 3–4 oyligidayoq yopilib qolsa yoki bolaning bosh shakli g‘ayritabiiy ko‘rina boshlasa — shifokorga murojaat qilish zarur.

Aksariyat hollarda esa liqildoqning kichik yoki tez yopilishi tabiiy jarayon bo‘lib, bola sog‘lig‘iga ta’sir qilmaydi. Muhimi — muntazam pediatr tekshiruviga borish va shifokor ko‘rsatmalariga amal qilishdir.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » Chaqaloqning boshidagi liqildoq tez yopilsa xavotirli emasmi?