Ertalabki toza havoda piyoda yurish sog‘lom turmush tarzining muhim qismi hisoblanadi. Mutaxassislarning aytishicha, 20–30 daqiqa piyoda yurish inson organizmini uyg‘otib, kunni faol va samarali boshlashga yordam beradi.
Piyoda yurish yurak va qon tomirlar faoliyatini mustahkamlaydi, qon aylanishini yaxshilaydi va qon bosimini me’yorda ushlashga yordam beradi. Shu bois shifokorlar yurak salomatligi uchun muntazam yurishni tavsiya qilishadi.
Bundan tashqari, piyoda yurish ortiqcha vazndan xalos bo‘lishda samarali usuldir. U organizmda kaloriyalarni yoqib, mushaklarni mustahkamlaydi va tana shaklini yaxshilaydi.
Psixologlar esa piyoda yurish inson kayfiyatini ko‘tarishini ta’kidlashadi. Chunki jismoniy faollik asab tizimini tinchlantiradi, stressni kamaytiradi va uyqu sifatini yaxshilaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar