date

O‘g‘il bolaning tashqi qiyofasida ona o‘rni qanchalik kuchli?

O‘g‘il bolaning tashqi qiyofasida ona o‘rni qanchalik kuchli?

Har bir ota-onani qiziqtiradigan savol — farzand tashqi qiyofasini kimdan ko‘proq oladi? Olimlar tadqiqotlariga ko‘ra, o‘g‘il bolalar ko‘p jihatdan onadan genetik meros oladi. Buning asosiy sababi shundaki, o‘g‘illardagi X xromosoma faqat onadan keladi, chunki otasidan ularga Y xromosoma o‘tadi.

Shuning uchun ko‘z rangi, soch tuzilishi, yuz shakli, hatto ba’zi harakter xususiyatlari ham onadan o‘tadi. Masalan, agar onaning ko‘zlari katta bo‘lsa, o‘g‘ilda ham katta ko‘z bo‘lishi ehtimoli katta.

Masalan, insonlar ko‘pincha quyidagi jihatlarda onaga o‘xshashlikni topishadi:

  • Ko‘zlar – qarashlari yoki shakli onasiga o‘xshab ketadi.
  • Tabassum – jilmayishi yoki kulishi ona kabi.
  • Soch turi – rangi yoki to‘qimasi onanikiga o‘xshaydi.
  • Yurish-turish – yurganda yoki o‘tirganda onasini eslatadi.
  • Gapirish ohangi – ovozi yoki so‘zlash uslubi ona bilan bir xil.
  • Xulq-atvor – odatlari, sabr-toqati yoki mehribonligi ona tomondan o‘tgan bo‘ladi.
  • Qo‘l harakatlari – qo‘lini ko‘tarish, narsalarni ushlash yoki ishora qilishda ham o‘xshashlik bo‘lishi mumkin.

Biroq shuni unutmaslik kerakki, tashqi qiyofada otaning ham o‘rni katta. Yuz tuzilishidagi mayda detallar, bo‘y-bast, jismoniy kuch ko‘proq otaning genlaridan keladi.

O‘g‘il farzand tashqi qiyofasida ko‘p jihatdan onaga o‘xshaydi, lekin umumiy qiyofani to‘liq otaning genlari bilan qo‘shib shakllantiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Foydali » O‘g‘il bolaning tashqi qiyofasida ona o‘rni qanchalik kuchli?