07:38 / 08.02.2017
13 737

Sizga kimdir gul sovg‘a qilsa, gul orqali uning ko‘nglidagini bilib olishingiz mumkin

Sizga kimdir gul sovg‘a qilsa, gul orqali uning ko‘nglidagini bilib olishingiz mumkin

Sizga kimdir gul sovg‘a qilsa, gul orqali uning ko‘nglidagini bilib olishingiz mumkin ekan. Shu bois gullarning ta’rifini bilib qo‘ysangiz, ular qay bir munosabatlarda asqotib qolishi mumkin.

Oq gul (akasiya) – sizni muhabbat kutmoqda.

Qo‘qongul (astra) – taqdiringiz so‘qmoqlarini yaxshilik sari burish uchun kimdir qattiq qayg‘uryapti.

Bo‘tako‘z (vasilyok) – sizni kamtarin va xushmuomalaligingiz uchun yaxshi ko‘rishadi.

Chinnigul – kimdir ortingizdan kuzatib turibdi.

Kartoshkagul – yaqin kunlarda xushxabar eshitishingiz mumkin.

Sunbul – kutilmagan sayohatga chiqishingizdan darak.

Yasmin – siz bilan do‘stlashish istagida yurganlar bor.

Qo‘ng‘iroqgul – vaqtingizni bekorchi suhbatlarga sarflaysiz.

Liliya – tez orada katta yutuq yoki merosga ega bo‘lish ehtimoli bor.

Marvaridgul – sevgan kishingiz bilan birga oila qurib, baxtli hayot kechirasiz.

Lolaqizg‘aldoq – kimningdir hamdardligiga muhtojsiz.

Dastorgul (margaritka) – taqdiringizdagi chalkashliklarning echimi topiladi.

Gulhamisha (nogotki) – yaqinda ko‘ngilsizlik ro‘y berishi mumkin.

Oq atirgul – kutmagan kishingiz muhabbatini izhor etadi.

Qizil atirgul – hasratlaringiz tez orada yakun topadi.

Nastarin – og‘ir sinovlarni boshingizdan o‘tkazasiz.

Na’matak – qandaydir ayol hayotingizga xalaqit berishi mumkin.

SAMO tayyorladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Sizga kimdir gul sovg‘a qilsa, gul orqali uning ko‘nglidagini bilib olishingiz mumkin