Cristiano Ronaldo oʻzining multimillionlik superkar garajini koʻrsatdi

Cristiano Ronaldo qiymati qariyb 11 million yevroga baholanayotgan 13 ta sport avtomobilidan iborat kolleksiyasini namoyish etdi. Uning garajida to'rtta Ferrari, Lamborghini Aventador, Porsche 911, ikkita Bugatti va McLaren Senna kabi superkarlar bor. 41 yoshli portugaliyalik hujumchi suratlarni «Mening o'yinchoqlarim» izohi bilan e'lon qildi. Ronaldo ta'tildan so'ng Al-Nasrning yangi mavsum oldi mashg'ulotlariga to'liq qo'shildi.
Al-Nasr jamoasi sardori Cristiano Ronaldo ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida qiymati millionlab yevrolar bilan baholanuvchi shaxsiy avtomobillar kolleksiyasini namoyish etdi. Goal.com xabar berishicha, 41 yoshli portugaliyalik hujumchi oʻzining hashamatli garajidan uchta suratni joylab, unga «Mening oʻyinchoqlarim» deya qisqa izoh yozib qoldirgan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Maʼlum boʻlishicha, besh karra Oltin toʻp sohibining avtoparkida oʻta noyob va qimmatbaho sport mashinalari jamlangan. Xabarlarga koʻra, futbolchining kolleksiyasiga toʻrtta Ferrari, Lamborghini Aventador, Porsche 911, ikkita Bugatti hamda McLaren Senna kabi dabdabali superkarlar kiradi.
Noyob kolleksiya va uning qiymati
Umumiy hisobda Cristiano Ronaldo taxminan 13 ta sport avtomashinasiga egaligi aytilmoqda. Ushbu noyob garajning umumiy qiymati qariyb 11 million yevroni tashkil etadi. Mazkur kolleksiya futbolchining Manchester Yunayted, Real Madrid va Yuventus kabi yetakchi klublardagi hamda Saudiya Arabistonidagi ikki oʻn yillik faoliyati davomida orttirgan ulkan daromadlari mahsulidir.Mazkur foto eʼlon qilingan payt futbolchining taʼtil davriga toʻgʻri keldi. Portugaliya terma jamoasining 2026-yilgi jahon chempionatidagi ishtiroki yakunlanganidan soʻng, tajribali hujumchi oilasi bilan Mayorkada hordiq chiqardi. Shu vaqtda uning klubi Al-Nasr Lissabonda mavsumoldi yigʻinlarini oʻtkazayotgan edi.
Yangi mavsum oldidan tayyorgarlik
Ronaldu Al-Nasrning Almeriyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydon chetida koʻrinish berib, jamoadoshlari bilan koʻrishdi. Biroq murabbiylar shtabi tomonidan unga qoʻshimcha jismoniy tiklanish rejasi ishlab chiqilgan boʻlib, u toʻliq mashgʻulotlarga keyinroq qoʻshildi.Al-Nasrning Lissabondagi yigʻini avgust oyida oʻz yakuniga yetdi va jamoa Ar-Riyodga qaytdi. Saudiya Arabistoni Pro-ligasining yangi mavsumi start olishi oldidan Ronaldu jamoa bilan toʻliq mashgʻulotlarga kirishdi. Eslatib oʻtamiz, oʻtgan mavsumda Al-Nasr chempionlikni qoʻlga kiritib, Ronalduning 2020-yilda Yuventus safida A Seriyada zafar quchganidan beri davom etib kelgan klubdagi sovrinsiz seriyasiga barham bergandi.






























Izohlar 0
…